Markaz faoliyati haqida qisqacha ma’lumot
Buxoro viloyat Ixtisoslashgan tug‘ruq kompleksi 1990 yildan beri faoliyat ko‘rsatib kelayapti (Moxi - xossa qo‘rg‘oni).
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2007 yil 22 dekabrdagi № 566-sonli buyrugi asosida 2008 yildan boshlab muassasaga Buxoro perinatal markazi maqomi berilgan.
Buxoro viloyat perinatal markazi 2012 yil noyabr oyidan boshlab yangi binoga ko‘chib, o‘z faoliyatini davom ettirib kelmoqda (Buxoro shahri, Namozgoh ko‘chasi 102/1-uy).
2024 yildan boshlab muassasa Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Buxoro viloyat filiali sifatida faoliyat yuritmoqda.
Markazning salohiyati regional xususiyatlarni hisobga olgan holda aholining tegishli tibbiy xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojidan kelib chiqib shakllantirilgan.
Markaz regionalizatsiya prinsiplari asosida xizmat ko‘rsatadi. Malakali mutaxassislardan iborat kechayu kunduz navbatchilik tashkil etilgan.
Tumanlardan tushadigan chaqiriqlar asosida og‘ir ekstragenital kasalliklari va homiladorlik asoratlari bo‘lgan homilador ayollar, tug‘ruqdagi va tuqqan ayollar hamda chaqaloqlarga yuqori malakali tibbiy xizmat ko‘rsatiladi yoki maxsuslashgan yordamga muhtoj bemorlarni markazga ko‘chirish tashkil etiladi.
© ONA-BOLA-BUXORO. Barcha huquqlar himoyalangan.